Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
Logistika
Haydovchi va yuk egasini to'g'ridan-to'g'ri bog'laydi — vositachi (broker) kerak emas. Xuddi Yandex.Taxi kabi, lekin yuk mashinalari uchun.
Boshqa
Water Impulse — nasos stansiyalarini AI va IoT orqali real vaqt rejimida monitoring va boshqarib, suv hamda elektr energiyasi sarfini kamaytiradi.
EdTech — ta'lim
Mantiq — 3–8 yoshli bolalar uchun o'zbek tilidagi mobil ilova. Bola so'z o'rganadi, gap yasaydi, mantiqiy o'yinlar o'ynaydi. Ijtimoiy tarmoq yo'q, reklama yo'q — faqat rivojlanish. Ota-ona kunlik hisobotni ko'radi, vaqtni nazorat qiladi. Bog'chalar har bir bolani kuzatadi. Hozir ishlovchi prototip bor: 13 kategoriya, 150+ so'z, professional ovoz. Keyingi bosqichda AI nutq tahlili, disleksiya aniqlash va logoped moduli qo'shiladi. O'zbekistonda 5 million maktabgacha yoshdagi bola — bu boshlanish nuqtasi. Qozoq, Turk, Arab tillari — 500 million kishilik bir xil bozor. Maqsad: 5 millionning 1% — 50 000 foydalanuvchi. Boshlang'ich nishon sifatida 12 oy ichida 10 000 ga yetamiz. Bizga 90 000 000 so'm Pre-Seed investitsiya kerak. 12 oy ichida 10 000 faol foydalanuvchi, 50+ bog'cha bilan shartnoma va Q3 dan daromad, Q4 dan foyda boshlanadi. MVP tayyor. Jamoa 5 kishi. Bozor ochiq. Vaqt hozir
AgroTech — qishloq xo'jaligi
Ichimlik suvini tejash yomgʻir suvini bekorga oqib ketishini oldini olish
Gulnora AI — O‘zbekistonga kelayotgan turistlar uchun sun'iy intellektga asoslangan aqlli gid va shaxsiy turizm yordamchisi. Ilova 24/7 rejimida har bir turistning o‘z tilida interaktiv muloqot qiladi, savollarga javob beradi va shaxsiy marshrutlar tuzadi. Foydalanuvchilar obidalar va mehmonxonalardagi QR-kodlar orqali ulanadi.
Media va kontent
Электрон Таклифнома, Хаммаси бита платформада куплаб шаблонлар турлихил маросимларга туйдан бошлаб корпоратив тадбир ивент маросимларгача, мижоз платформага киради маросим ва узига макул шаблон танлайди ва маросим малумотларини тулдириб 3 хил тилда именной Хар бита мехмонини исми билан хохлаган мессенджер е оддий смс билан юборса булади, моушн дизайн расимлар видео хамда мусика кушиш имкониятлар RSVP савол жавоблар мехмон билан Хар битта мехмонга алохида хурмат ва этибор
Alisher Navoiy AI — Alisher Navoiy hayoti va ijodini zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari orqali o‘rganishni osonlashtiruvchi raqamli platforma. Platforma o‘quvchi, talaba, o‘qituvchi va Navoiy ijodiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi Navoiy asarlari, dostonlari, g‘azallari, baytlari va adabiy tushunchalar bo‘yicha savol berib, sodda va tushunarli izoh oladi. Platformada asarlar mazmunini tahlil qilish, badiiy san’atlarni tushuntirish hamda test va savollar orqali bilimni mustahkamlash imkoniyatlari mavjud. Loyiha Navoiy merosini yoshlar uchun tushunarli, interaktiv va zamonaviy shaklda taqdim etishni maqsad qiladi.
IT / Dasturiy ta'minot
интернет магазин товаров и услуг тут каждый может продавать и покупать в интернете безопсано
Fizika talim buyicha labaratoriya doskasi. Davlat va nodavlat talim tashkilotlariga fizikani qiziqarli va korgazmali qilishga
Mavsumiy ishlar vaqtida dehqon, fermer xo'jaliklari uchun texnikalarni ijaraga topib beruvchi ilova va telegram bot
QuizGo — o‘rgangan bilimlarni uzoq muddat eslab qolishga yordam beradigan ta’lim ilovasi. Hozir unda savol-javob kartochkalari — flashcardlar orqali o‘rganish mumkin. Tizim javoblaringizga qarab, qiynalgan ma’lumotlaringizni tezroq, yaxshi bilganlaringizni esa uzoqroq oraliqda takrorlashga beradi. Masalan, inglizcha so‘zlar, tarixiy sanalar yoki biologiya atamalarini o‘rganishda foydalanish mumkin. Maqsadimiz — flashcardlar bilan cheklanmay, mustaqil o‘rganishga yordam beradigan platformaga aylanish.
Fintech
Sizda biznes yoki startap g‘oyasi bormi, lekin uni qanday boshlashni bilmaysizmi? AiDA StartUp orqali g‘oyangizni bir necha qadamda rivojlantiring. 🚀 AiDA Sizga yordam beradi: 💡 G‘oyani tahlil qilish G‘oyangizning muammosi, yechimi va imkoniyatlarini aniqlang. 📊 Biznes-reja yaratish G‘oyangiz asosida biznes-reja shakllantiring. 🎯 Pitch Deck tayyorlash Investor yoki tanlov uchun loyihangiz taqdimotini yarating. 🧭 AI Business GPS G‘oyadan MVP, dastlabki mijozlar va rivojlanish bosqichigacha yo‘l xaritasini oling. 💰 Moliyaviy hisob-kitob Xarajatlar, daromad, investitsiya ehtiyoji va biznes modelini hisoblang. 🔎 Bozor tahlili Maqsadli mijozlar, raqobatchilar va bozor imkoniyatlarini tahlil qiling. ⚡ Boshlash juda oson: 1. G‘oyangizni yozing ↓ 2. AiDA savollarga javob beradi ↓ 3. Loyihangizni tahlil qiladi ↓ 4. Biznes-reja va Pitch Deck yaratadi ↓ 5. Keyingi qadamlaringizni belgilaydi 🌟 AiDA StartUp G‘oyangizni yozing. AiDA bilan uni loyihaga aylantiring.