Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
EdTech — ta'lim
IELTS Buddy - Telegram ichida ishlaydigan IELTS Speaking mashq platformasi (bot va mini ilova). O'quvchi jonli AI imtihonchi bilan ovozli suhbat orqali mashq qiladi: to'liq mock test (Part 1-3), 4 rasmiy mezon bo'yicha taxminiy band, xatolarni o'zbekcha izoh bilan tuzatish, temp, pauza va "umm"larni sanash. Qo'shimcha imkoniyatlar: rolli suhbatlar, 3 ta AI ovozli seminar, boshqa o'quvchi bilan jonli qo'ng'iroq va AI murabbiy, lug'at va kunlik darslar. Ilovani yuklab olish shart emas, o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Biznes model: birinchi 100 token bepul (3 ta mock test), keyin Premium obuna oyiga 24 500 so'm yoki Telegram Stars orqali.
Boshqa
Nogironligi bolgan yoshlarni qo’l mehnatlarini, mahsulotlarini ular uchun yaratilgan maxsus saytga qoyib sotish yani marketplace. Online va offline auksionlar otkazish
IT / Dasturiy ta'minot
Ot sportifi xususan Koʻpkari oʻyinini oʻzida namoyish qilgan mobil oʻyin va bu orqali yoshlarda milliy va tarixiy oʻyinlarga boʻlgan qiziqishni oshirish
Tashkilotlarda texnika xavfsizligini avtomatlashtiradi
MedTech — tibbiyot
Med1.uz — sun'iy intellekt (AI) texnologiyalariga asoslangan, tibbiy diagnostika, telemeditsina va klinikalarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi yagona ekotizim platformasi.
Oliy ta'lim muassasalariga tayyorlanuvchi o'quvchilar abituriyentlar Haydovchilik guvohnamasini olishga tayyorlanuvchi til milliy sertifkatlarga tayyorlanuvchi foydalanuvchilar uchun katta ekotizim
ExamBridge — o‘quvchilar va abituriyentlarga **SAT, CEFR va IELTS** imtihonlariga tayyorlanishda yordam beruvchi AI asosidagi ta’lim platformasi. Platformada foydalanuvchilar real imtihon formatidagi testlarni ishlaydi, natijalarini tahlil qiladi, xatolarini aniqlaydi va o‘z darajasiga mos individual tayyorgarlik yo‘nalishini oladi. Platforma ingliz tili va SAT bo‘yicha bilimlarni bosqichma-bosqich rivojlantirishga yordam beradi.