Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
Logistika
Haydovchi va yuk egasini to'g'ridan-to'g'ri bog'laydi — vositachi (broker) kerak emas. Xuddi Yandex.Taxi kabi, lekin yuk mashinalari uchun.
EdTech — ta'lim
IELTS Buddy - Telegram ichida ishlaydigan IELTS Speaking mashq platformasi (bot va mini ilova). O'quvchi jonli AI imtihonchi bilan ovozli suhbat orqali mashq qiladi: to'liq mock test (Part 1-3), 4 rasmiy mezon bo'yicha taxminiy band, xatolarni o'zbekcha izoh bilan tuzatish, temp, pauza va "umm"larni sanash. Qo'shimcha imkoniyatlar: rolli suhbatlar, 3 ta AI ovozli seminar, boshqa o'quvchi bilan jonli qo'ng'iroq va AI murabbiy, lug'at va kunlik darslar. Ilovani yuklab olish shart emas, o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Biznes model: birinchi 100 token bepul (3 ta mock test), keyin Premium obuna oyiga 24 500 so'm yoki Telegram Stars orqali.
Boshqa
Water Impulse — nasos stansiyalarini AI va IoT orqali real vaqt rejimida monitoring va boshqarib, suv hamda elektr energiyasi sarfini kamaytiradi.
Yoshlarga zamonaviy ta'lim beradi
Ekologiya va yashil energiya
EcoSkim — bu shahar arıqlari va kanallaridagi plastik chiqindilarni avtomatik ravishda tozalaydigan kichik, suzuvchi qurilma. Kimga kerak: Shahar obodonlashtirish xizmatlari, ekologiya tashkilotlari va shahar aholisiga. Qanday ishlaydi: Qurilma suv yuzida suzib yuradi. Motor bilan aylanadigan maxsus lenta suv yuzidagi plastik idishlar hamda paketlarni ilib oladi va orqasidagi idishga yig'adi. Bu qurilma inson mehnatisiz, 24 soat davomida arıqlarni toza tutishga yordam beradi.
AgroTech — qishloq xo'jaligi
«Tomorqa Enagasi» — bu chet elda mehnat qilayotgan, yoshi bir joyga borib yerda mehnat qilishga yaroqsiz, yoki baʼzi sabablarga koʼra qishloqdagi uylarini tashlab shaharga ketib yashayotganl vatandoshlarimizning tomorqalarini unumli ishlatish, bir tomondan ularga qoʻshimcha daromad keltirsa, ikkinchi tomondan boʻsh yotgan yerlarni obod qiladi va oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qoʻshadi.
Mantiq — 3–8 yoshli bolalar uchun o'zbek tilidagi mobil ilova. Bola so'z o'rganadi, gap yasaydi, mantiqiy o'yinlar o'ynaydi. Ijtimoiy tarmoq yo'q, reklama yo'q — faqat rivojlanish. Ota-ona kunlik hisobotni ko'radi, vaqtni nazorat qiladi. Bog'chalar har bir bolani kuzatadi. Hozir ishlovchi prototip bor: 13 kategoriya, 150+ so'z, professional ovoz. Keyingi bosqichda AI nutq tahlili, disleksiya aniqlash va logoped moduli qo'shiladi. O'zbekistonda 5 million maktabgacha yoshdagi bola — bu boshlanish nuqtasi. Qozoq, Turk, Arab tillari — 500 million kishilik bir xil bozor. Maqsad: 5 millionning 1% — 50 000 foydalanuvchi. Boshlang'ich nishon sifatida 12 oy ichida 10 000 ga yetamiz. Bizga 90 000 000 so'm Pre-Seed investitsiya kerak. 12 oy ichida 10 000 faol foydalanuvchi, 50+ bog'cha bilan shartnoma va Q3 dan daromad, Q4 dan foyda boshlanadi. MVP tayyor. Jamoa 5 kishi. Bozor ochiq. Vaqt hozir
Nogironligi bolgan yoshlarni qo’l mehnatlarini, mahsulotlarini ular uchun yaratilgan maxsus saytga qoyib sotish yani marketplace. Online va offline auksionlar otkazish
Ichimlik suvini tejash yomgʻir suvini bekorga oqib ketishini oldini olish
Gulnora AI — O‘zbekistonga kelayotgan turistlar uchun sun'iy intellektga asoslangan aqlli gid va shaxsiy turizm yordamchisi. Ilova 24/7 rejimida har bir turistning o‘z tilida interaktiv muloqot qiladi, savollarga javob beradi va shaxsiy marshrutlar tuzadi. Foydalanuvchilar obidalar va mehmonxonalardagi QR-kodlar orqali ulanadi.
Media va kontent
Электрон Таклифнома, Хаммаси бита платформада куплаб шаблонлар турлихил маросимларга туйдан бошлаб корпоратив тадбир ивент маросимларгача, мижоз платформага киради маросим ва узига макул шаблон танлайди ва маросим малумотларини тулдириб 3 хил тилда именной Хар бита мехмонини исми билан хохлаган мессенджер е оддий смс билан юборса булади, моушн дизайн расимлар видео хамда мусика кушиш имкониятлар RSVP савол жавоблар мехмон билан Хар битта мехмонга алохида хурмат ва этибор
IT / Dasturiy ta'minot
Ot sportifi xususan Koʻpkari oʻyinini oʻzida namoyish qilgan mobil oʻyin va bu orqali yoshlarda milliy va tarixiy oʻyinlarga boʻlgan qiziqishni oshirish