Grant, kredit, tanlov, trening va vakansiyalar. Har birining muddati ko'rinib turadi.
Samarqand viloyatida ekologik muammolarga innovatsion yechimlar taklif etuvchi, yashil texnologiyalarni rivojlantirishga intilayotgan hamda ekologik tadbirkorlik yo‘nalishida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish istagidagi yoshlarni Eko Startapchilar klubiga a’zolikka qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi! Tanlovning maqsadi Viloyatda ekologik innovatsiyalarni rivojlantirish, istiqbolli eko-startap va tashabbuslarni aniqlash, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik tadbirkorlik ekotizimini shakllantirish. Tanlovning asosiy yo‘nalishlari: 1. Yashil energetika — quyosh energiyasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejamkor texnologiyalar. 2. Chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni saralash, qayta ishlash va ulardan yangi mahsulotlar yaratish. 3. Suv resurslarini tejash — suvni tejovchi texnologiyalar, aqlli sug‘orish tizimlari va suv resurslarini boshqarish. 4. Yashil shahar va ekologik infratuzilma — ko‘kalamzorlashtirish, ekologik hududlar, aqlli bekatlar va shahar ekologiyasini yaxshilash. 5. EcoTech va ekologik monitoring — havo sifati monitoringi, ekologik nazorat, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosidagi loyihalar. Klub a’zolarini qanday imkoniyatlar kutmoqda? Eko-startap loyihalarini rivojlantirish va takomillashtirish; Tajribali mutaxassislar va mentorlar ko‘magidan foydalanish; Startap taqdimotlari va Pitch Day tadbirlarida ishtirok etish; Investorlar va grant dasturlariga chiqish; Ekologik innovatsiyalar bo‘yicha amaliy loyihalarni amalga oshirish; Viloyat va respublika miqyosidagi ekologik tadbirlarda ishtirok etish. EKO TASHABBUSINGIZNI TAQDIM ETING VA UNI AMALGA OSHIRISH IMKONIYATIGA EGA BO‘LING! Tanlov ishtirokchilari o‘z ekologik tashabbuslari va loyihalarini Samarqand yoshlari platformasi orqali keng jamoatchilikka taqdim etishlari mumkin. Platformaga joylashtirilgan tashabbuslar jamoatchilik ovoziga qo‘yiladi. Yoshlar va platforma foydalanuvchilari ovoz berish orqali o‘zlari dolzarb deb hisoblagan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydilar. Ovoz berish natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni egallagan, shuningdek, dolzarbligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyati yuqori deb topilgan loyihalar Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi vakillari tomonidan tinglanadi. Saralangan istiqbolli tashabbuslar muhokama qilinib, ularni amaliyotga joriy etish va amalga oshirish uchun qo‘llab-quvvatlanadi. Tanlovda ishtirok etish tartibi Nomzodlar o‘zlari haqidagi ma’lumotlar, ekologik yo‘nalishdagi g‘oyalari, tashabbuslari yoki mavjud loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim. Taqdim etilgan arizalar maxsus tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Nomzodlar ekologik muammoning dolzarbligi, yechimning innovatsionligi, amaliy ahamiyati va tashabbuskorlik salohiyatiga qarab saralanadi. Ro‘yxatdan o‘tish: [https://samarqandyoshlari.uz/tashabbuslar/yoshlar] Arizalarni qabul qilish muddati: [25.10.2026] Yashil kelajak — innovatsion g‘oyalardan boshlanadi! O‘z g‘oyangizni taqdim eting, jamoamizga qo‘shiling, jamoatchilik ovozini to‘plang va Samarqandning ekologik kelajagini yaratishda faol ishtirok eting! Tashkilotchilar: Samarqand viloyati StartUplar Ofisi hamda Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi.
Дастур доирасида турли ривожланиш босқичларидаги 20 та стартап танлаб олиниб, уларга менторлик, бизнесни ривожлантириш, инвестицияга тайёргарлик ва халқаро бозорларга чиқиш бўйича кўмак берилади. Дастур Жаҳон банки иштирокидаги FINGROW дастурини тайёрлаш лойиҳаси доирасида амалга оширилмоқда. Иштирокчилар StartupBlink асосчиси ва бош директори Эли Давид Рокаҳ билан бевосита ишлаш имкониятига эга бўлади. Иштирок этиш талаблари ва ариза бериш тартиби дастур саҳифасида (https://gov.uz/oz/imv/news/view/227221) келтирилган.
#diqqat_tanlov “Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tanlovi e’lon qilindi! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tijoratlashtirishga tayyor innovatsion ishlanmalar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tanlovi o‘tkazilmoqda. Agar sizda atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan samarali foydalanish va “yashil” iqtisodiyotga xizmat qiladigan tayyor innovatsion ishlanma yoki loyiha bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok eting! 📌 Kimlar ishtirok etishi mumkin? O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot, innovatsion, texnologik, ishlab chiqarish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar. 📌 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣-bosqich — loyihani axborot tizimi orqali taqdim etish; 2️⃣-bosqich — ariza mualliflarining taqdimoti. ⏰ Arizalar 2026-yil 15-oktabr soat 23:59 ga qadar innomarket.uz axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. ❗️Muhim: ariza faqat taklif muallifining id.ilmiy.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy kabineti orqali topshirilishi lozim. Muallif bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan arizalar tanlovga qabul qilinmaydi. 📞 Murojaat uchun: +998 71 203-32-23 (520). 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Yoshlar Ventures Global Student Entrepreneur Awards (GSEA) bilan hamkorlikni e'lon qiladi. Endi O‘zbekistondagi talaba-tadbirkorlar dunyodagi eng nufuzli xalqaro tadbirkorlik musobaqasida ishtirok etishlari mumkin. GSEA bu o‘z biznesini yuritayotgan talabalarni birlashtiruvchi global platforma. Musobaqa orqali yosh founderlar o‘z loyihalarini xalqaro darajaga olib chiqish, global muhit va investorlar bilan tanishish hamda tajribali mentorlardan maslahat olish imkoniga ega bo‘ladilar. Kimlar qatnashishi mumkin? Hozirda universitetda (bakalavr yoki magistratura) tahsil olayotgan talabalar; Yoshlar uchun nafaqat mahalliy bozor, balki global miqyosda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati juda muhim. Shuning uchun biz iqtidorli talaba-tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning xalqaro sahnaga chiqishiga yo‘l ochmoqdamiz. Arizalar qabuli ochiq! Xalqaro bosqichda O‘zbekiston nomidan qatnashuvchi kam sonli founderlar orasida bo‘lish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
Stajirovka O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida” nizom (Nizom) talablariga muvofiq va Xitoyning Huazhong fan va texnologiya universiteti (Huazhong University of Science and Technology) bilan tuzilgan kelishuvga asosan tashkil etiladi. Tashkilot: Xitoyning Huazhong fan va texnologiya universiteti. 1-dastur yo‘nalishi: Mujassam intellekt. 2-dastur yo‘nalishi: Hisoblash tasvirlash texnologiyalari. 3-dastur yo‘nalishi: Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari 4-dastur yo‘nalishi: Sun’iy intellekt asosida video kodlash texnologiyalari 5-dastur yo‘nalishi: Intellektual simsiz aloqa texnologiyalari 6-dastur yo‘nalishi: Intellektual simsiz lokatsiyani aniqlash texnologiyalari Dastur tili: ingliz tili. Dastur muddati: 5 oy. Ishtirokchilar soni: 30 nafar. Tanlov g‘oliblari ilovada keltirilgan stajirovkani amalga oshirish dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun 2026-2027-yillar davomida stajirovkaga yuboriladi. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar (Buyurtmachi) tomonidan stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar ilovalarga muvofiq Nizom talablari asosida 2026-yilning 20-avgust sanasidan 2026-yilning 15-oktabr (shu kuni ham 23:59gacha) sanasiga qadar internship.ilmiy.uz xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladi. Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi. Nomzodlarni tavsiya etish jarayonining holisligini va taqdim etilayotgan ma’lumot (hujjat)larning to‘liqligi, haqqoniyligi shu bilan birga, tavsiya etilgan nomzodlarni saralash tanlovlarda ishtirokini ta’minlash buyurtmachi rahbari zimmasiga yuklanadi. Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Agentlik mas’ul xodimlari: Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Yusupov Suxrob Qaxramon o‘g‘li, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 655), elektron manzil: [email protected]; Axborot tizimiga texnik tomondan qo‘llab qo‘vatlash uchun mas’ul AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Tojiyev Sardor Azimqul o‘g‘li, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 647), elektron manzil: [email protected].
“Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovida qatnashing! Respublika yoshlarining innovatsion, ilmiy hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida “Bo‘lajak olim” tanloviga arizalar qabuli boshlandi! Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar: -Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak; -Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim; -1 nafar ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin. ❗️Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha bo‘lishi zarur.
Kredit maqsadi Zarur biznes ko‘nikmaga ega bo‘lib, tadbirkorlik subʼekti sifatida mustaqil biznes boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchi va yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish Kredit oluvchi Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yurituvchi oliy taʼlim tashkiloti bitiruvchisi hamda yoshlar Taʼsischisi yoki korxona rahbari oliy taʼlim tashkiloti bitiruvchisi yoki yosh bo‘lgan yuridik shaxslar Kredit summasi 300 mln so‘mgacha Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 1 % Kredit muddati Asosiy vosita sotib olish uchun 60 oygacha Aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun 36 oygacha Imtiyozli davr Asosiy vosita sotib olish uchun 12 oygacha Aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun 6 oygacha Kredit manbasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Garov ta’minotlari a) 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan kreditlar uchun – sug‘urta polisi b) 100 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan kreditlar uchun – likvid garov ta’minotlari Alohida shartlar YaTT va yuridik shaxs tashkil etuvchi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi talabalari hamda yoshlar “Kelajakka qadam” dasturi ishtirokchilari bo‘lishi Salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmasligi Bitiruvchi oliygohni tamomlaganiga 5 yildan oshmagan bo‘lishi Kredit ariza taqdim etilgan sanada qarzdor (yosh tadbirkor) 18 yoshga to‘lgan va 31 yoshdan oshmagan jismoniy shaxs bo‘lishi Stop faktorlar 1. Salbiy kredit tarixiga egaligi 2. Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjudligi https://nbu.uz/kichik-biznes/kreditlar/yangi-kelajakka-qadam-kreditlari
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlar hamda ularni ishga olgan tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish. Kredit maqsadi O‘zini o‘zi band qilgan va biznesga ilk qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan bitiruvchi va yoshlarning biznes g‘oyalarini moliyalashtirish Kredit oluvchi O‘zini o‘zi band qilgan o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan bitiruvchi va yoshlar (Jismoniy shaxslar uchun) Kredit summasi 20 mln so‘mgacha Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 1 % Kredit muddati 18 oygacha Imtiyozli davr 6 oygacha Kredit manbasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Garov ta’minoti Kredit qaytmaslik hataridan sug‘urta kompaniyasi polisi Alohida shartlar Salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmasligi; Kredit ariza taqdim etilgan sanada qarzdor 18 yoshga to‘lgan va 31 yoshdan oshmagan jismoniy shaxs bo‘lishi Stop faktorlar 1. Salbiy kredit tarixiga egaligi 2. Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjudligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyundagi “Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-210-sonli Qaroriga asosan mikroqarz shaklida: Zamonaviy raqamli kasbiy faoliyatni rivojlantirish; o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish; kasanachilik, tikuvchilik va mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash; novvoychilik va qandolatchilik loyihalarini tashkil etish uchun ajratiladi. https://aloqabank.uz/uz/private/crediting/yoshlar-biznesi-mikroqarzi/
Samarqand yoshlarini birlashtiradigan, ularning g‘oya, tashabbus, muammo va takliflarini yagona maydonda jamlaydigan yangi raqamli platforma ishga tushdi! 🌐 Platformaga kiring: https://mentadbirkor.uz/ Bu yerda Siz: 💡 G‘oyangizni bildiring — tashabbus va takliflaringizni ulashing. 🔴 Muammoni ayting — mavjud muammolarga jamoatchilik va yoshlar e’tiborini qarating. 👍 Ovoz bering — Siz qo‘llab-quvvatlagan har bir tashabbusning reytingi oshadi. 🚀 Startupingizni joylashtiring — loyihangizni namoyish eting va yangi imkoniyatlar toping. 🤝 Hamkor toping — hamfikrlar, mutaxassislar va yangi jamoalar bilan bog‘laning. 🌍 Xorijdagi tengdoshingizni toping — xorijda ta’lim olayotgan va faoliyat yuritayotgan samarqandlik yoshlar bilan tanishing, tajriba almashing va hamkorlik qiling. 🏆 Reytingda ishtirok eting — tashabbusingiz qanchalik ko‘p qo‘llab-quvvatlansa, reytingingiz shunchalik yuqorilaydi. 🔥 ENG MUHIMI Bu shunchaki sayt emas. Bu — Samarqand yoshlarining g‘oya va tashabbuslari, tashkilotlarning muammolari, startup va tadbirkorlik imkoniyatlari birlashadigan yagona raqamli ekotizim. Muammoni ayting. G‘oyani bildiring. Ovoz bering. Hamkor toping. Imkoniyat yarating. 🌱 Har bir ovoz — yoshlar ekotizimini bir qadam oldinga siljitadi! 👉 Hozir platformaga kiring: https://mentadbirkor.uz/ Sizning g‘oyangiz — Samarqand kelajagining bir qismi!