Yoshlarning bizneslari: nima qilishadi, qayerda, qanday bog'lanish mumkin. Hamkor, yetkazib beruvchi yoki mijoz izlayotgan bo'lsangiz — shu yerdan boshlang.
Oziq-ovqatUrgut tumani
Fritto Uzbekistan — zamonaviy fast-casual formatida faoliyat yurituvchi, sifatli taomlar va qulay xizmatni birlashtirgan restoran brendi. Fritto’da asosiy e’tibor — mazali taom, tezkor servis va mijoz uchun qulay tajriba yaratishga qaratilgan. Brend zamonaviy restoran standartlari asosida rivojlanib, oshxona jarayonlari, xizmat ko‘rsatish, mahsulot sifati va xodimlar ish tizimini doimiy takomillashtirib boradi. Fritto’ning maqsadi — fast-casual sohasida zamonaviy, sifatli va ishonchli brend yaratish hamda mijozlarga har safar bir xil yuqori darajadagi xizmat va ta’mni taqdim etish. Bugungi kunda Fritto rivojlanish, yangi loyihalarni amalga oshirish va o‘zining fast-casual konsepsiyasini yanada kengaytirish ustida ishlamoqda.
Ishlab chiqarishSamarqand tumani
Samarqand viloyatida birinchilardan bo’lib avtoklavlangan gazoblok ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydik va faoliyat yuritib kelyapmiz. D400, D500, D600 turdagi zichlik markalari va barcha o’lchamlarini kunlik 1800 kub metrgacha ishlab chiqaramiz, oylik ishlab chiqarish quvvati esa 45 000 kub metrgacha. Barchangizni mamnuniyat bilan hamkorlikga taklif qilib qolamiz!
Ishlab chiqarishOqdaryo tumani
Biz qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar uchun gumusga boy fosfogum deb nomlangan organik-mineral o'g'it ishlab chiqaramiz. Bizning mahsulotni har qanday o'simlik turiga qo'llasa bo'ladi.
Xizmat ko'rsatishJomboy
Халкаро кургазмадан, форумлар, семинарлар утказиш. Бизнес мебель ижарага бериш. Бизнес тадбирлар, тимбилдинглар учун майор ижараси
Ta'lim va innovatsiyaNurobod
-Ingliz tili grammatikasi -IELTS va Multilevel CEFR imtihon tayyorlov kurslari -Ona tili va adabiyot -Matematika va SAT imtihon tayyorlov kursi -Biologiya fani tayyorlov kursi
Ta'lim va innovatsiyaJomboy
Biz Maqsadli Ta'lim o'quv markazining To'qqizboy filliali jamoasimiz. Bizda o'quvchilarimizning natija eng birinchi o'rinda turadi.
Ta'lim va innovatsiyaSamarqand tumani
Ingliz tili, IELTS, CEFR, rus tili va matematika bo‘yicha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatamiz. * Mijozlarimiz: Maktab o‘quvchilari, talabalar va til o‘rganishga qiziqqan yoshlar. * Boshqalardan farqimiz: Zamonaviy ta’lim metodlari, individual yondashuv, kuchli amaliyot va o‘quvchilarning natijasiga yo‘naltirilgan tizim bilan ishlaymiz.
Ta'lim va innovatsiyaNurobod tumani
“Ko’mak” loyihasi asosida olis hududlardan birida tashkil etilgan o’quv markaz. Maqsadi: chekka hududlarda ta’lim sifatini oshirish, hududlardagi yoshlarga xorijiy tillar va u negizida boshqa fanlarni chuqurroq o’rgatish
Ta'lim va innovatsiyaUrgut
Biz oʻquvchilarga ingliz tilini sifatli oʻrgatishda yordam beramiz. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, shinam xonalarda xalqaro darajaga ega boʻlgan oʻqituvchilar dars oʻtishadi.
QurilishSamarqand tumani
Smart Eco Bench 🪑 Quyosh paneli bilan jihozlangan aqlli o‘rindiqlar — telefon zaryadlash, yoritish va boshqa smart funksiyalar. Smart Eco Bekat 🚌 Jamoat transporti bekatlari uchun zamonaviy, quyosh energiyasida ishlaydigan aqlli bekatlar: ☀️ quyosh panellari; 💡 energiya tejamkor yoritish; 🔋 telefon zaryadlash; 📱 raqamli axborot/reklama paneli; 🪑 yo‘lovchilar uchun o‘rindiqlar; 🌐 Wi-Fi va boshqa raqamli xizmatlarni integratsiya qilish imkoniyati. Eco Daraxt 🌳 Quyosh energiyasidan foydalanadigan dekorativ va funksional shahar infratuzilmasi. 💼 Asosiy biznes modeli SamEcoBench — Smart City + Green Energy infratuzilmasi ishlab chiqaruvchisi. Mahsulotlar: Smart Eco Bench → Smart Eco Bekat → Eco Daraxt → kelajakdagi boshqa Smart City yechimlari.
IT va raqamlashtirishSamarqand
Med1.uz — xavfli oʻsma, qandli diabet va rak kasalliklarini erta diagnostika qilishga ixtisoslashgan ilgʻor tibbiy texnologiya startapi. Loyihada 72 turdagi sun'iy intellekt agentlari, 14 ta yordamchi assistent modeli hamda 7 ta sub-modul yagona ekotizimga birlashtirilgan. Tizim tibbiyot xodimlariga tezkor, aniq va sifatli qaror qabul qilishda koʻmaklashadi.
IT va raqamlashtirishSamarqand tuman
Mahorat IT Academy — zamonaviy IT kasblari va ingliz tilini amaliy usulda o‘rgatuvchi ta’lim markazi. Akademiyada o‘quvchilar zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallab, kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorlanadi.