Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
EdTech — ta'lim
Mantiq — 3–8 yoshli bolalar uchun o'zbek tilidagi mobil ilova. Bola so'z o'rganadi, gap yasaydi, mantiqiy o'yinlar o'ynaydi. Ijtimoiy tarmoq yo'q, reklama yo'q — faqat rivojlanish. Ota-ona kunlik hisobotni ko'radi, vaqtni nazorat qiladi. Bog'chalar har bir bolani kuzatadi. Hozir ishlovchi prototip bor: 13 kategoriya, 150+ so'z, professional ovoz. Keyingi bosqichda AI nutq tahlili, disleksiya aniqlash va logoped moduli qo'shiladi. O'zbekistonda 5 million maktabgacha yoshdagi bola — bu boshlanish nuqtasi. Qozoq, Turk, Arab tillari — 500 million kishilik bir xil bozor. Maqsad: 5 millionning 1% — 50 000 foydalanuvchi. Boshlang'ich nishon sifatida 12 oy ichida 10 000 ga yetamiz. Bizga 90 000 000 so'm Pre-Seed investitsiya kerak. 12 oy ichida 10 000 faol foydalanuvchi, 50+ bog'cha bilan shartnoma va Q3 dan daromad, Q4 dan foyda boshlanadi. MVP tayyor. Jamoa 5 kishi. Bozor ochiq. Vaqt hozir
Alisher Navoiy AI — Alisher Navoiy hayoti va ijodini zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari orqali o‘rganishni osonlashtiruvchi raqamli platforma. Platforma o‘quvchi, talaba, o‘qituvchi va Navoiy ijodiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi Navoiy asarlari, dostonlari, g‘azallari, baytlari va adabiy tushunchalar bo‘yicha savol berib, sodda va tushunarli izoh oladi. Platformada asarlar mazmunini tahlil qilish, badiiy san’atlarni tushuntirish hamda test va savollar orqali bilimni mustahkamlash imkoniyatlari mavjud. Loyiha Navoiy merosini yoshlar uchun tushunarli, interaktiv va zamonaviy shaklda taqdim etishni maqsad qiladi.
Fizika talim buyicha labaratoriya doskasi. Davlat va nodavlat talim tashkilotlariga fizikani qiziqarli va korgazmali qilishga
QuizGo — o‘rgangan bilimlarni uzoq muddat eslab qolishga yordam beradigan ta’lim ilovasi. Hozir unda savol-javob kartochkalari — flashcardlar orqali o‘rganish mumkin. Tizim javoblaringizga qarab, qiynalgan ma’lumotlaringizni tezroq, yaxshi bilganlaringizni esa uzoqroq oraliqda takrorlashga beradi. Masalan, inglizcha so‘zlar, tarixiy sanalar yoki biologiya atamalarini o‘rganishda foydalanish mumkin. Maqsadimiz — flashcardlar bilan cheklanmay, mustaqil o‘rganishga yordam beradigan platformaga aylanish.