Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
IELTS Buddy - Telegram ichida ishlaydigan IELTS Speaking mashq platformasi (bot va mini ilova). O'quvchi jonli AI imtihonchi bilan ovozli suhbat orqali mashq qiladi: to'liq mock test (Part 1-3), 4 rasmiy mezon bo'yicha taxminiy band, xatolarni o'zbekcha izoh bilan tuzatish, temp, pauza va "umm"larni sanash. Qo'shimcha imkoniyatlar: rolli suhbatlar, 3 ta AI ovozli seminar, boshqa o'quvchi bilan jonli qo'ng'iroq va AI murabbiy, lug'at va kunlik darslar. Ilovani yuklab olish shart emas, o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Biznes model: birinchi 100 token bepul (3 ta mock test), keyin Premium obuna oyiga 24 500 so'm yoki Telegram Stars orqali.