Startuplar ofisi reestridagi loyihalar va ularning asoschilari. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz — asoschiga to'g'ridan-to'g'ri Telegram'da yozing.
Topildi: 12 ta loyihaFiltrni tozalash
Exambridge.uz — bu o‘quvchi va abituriyentlarga IELTS, SAT hamda CEFR kabi xalqaro imtihonlarga real formatda tayyorlanish imkonini beruvchi, sun'iy intellekt yordamida natijalarni tahlil qilib individual tavsiyalar beradigan va oyiga 5 dollar obuna haqi asosida ishlaydigan online platformadir.
Nodirbek Shukurov Qodir o'g'li
17 yosh·Samarqand shahri
Mantiq - Bolalarning fikrlash va nutq rivojlanishini erta monitoring qiluvchi Play-to-Learn platforma.
Ruxshona Xolmurodova
Samarqand shahri
EcoLab Board — fizika fanini amaliy o‘qitish uchun yaratilgan tejamkor laboratoriya doskasi. Loyiha ta’lim muassasalarida laboratoriya jihozlari yetishmasligi va amaliy tajribalar sonining kamligi muammosini hal qiladi.
Shoqosimov, Ilyos, Asliddin o'g'li
20 yosh·Samarqand shahri
SolarFacade Tech — ko‘p qavatli binolar oynalarini elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi aqlli fasadlarga aylantiruvchi innovatsion texnologiya. Yechim energiya xarajatlarini kamaytiradi, binolarning qizib ketishini oldini oladi va ekologik barqarorlikni oshiradi.
Baymatov Bobur Baxriddinovich
21 yosh·Samarqand shahri
Amplify — sun’iy intellekt va jonli ta’limni birlashtirgan EdTech platforma bo‘lib, o‘quvchilarni malakali o‘qituvchilar bilan bog‘laydi va shaxsiylashtirilgan ta’lim imkoniyatlarini yaratadi.
Azizbek Qozaqov Xamdam o'g'li
EduBell — maktablar, universitetlar va o‘quv markazlari uchun IoT texnologiyasiga asoslangan aqlli qo‘ng‘iroq tizimi bo‘lib, dars jadvalini avtomatik boshqaradi va masofadan nazorat qilish imkonini beradi.
Quvondiqov Muhammad Dilmurod oʻgʻli
19 yosh·Samarqand shahri
Nutqi Kids AI — maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘yinlar orqali rivojlantiruvchi hamda rivojlanish jarayonini real vaqt rejimida kuzatuvchi raqamli platforma.
Xolmurodova Ruxshona Dilmurod qizi
Amaliyotga oid “AttendX” nomli startap loyihamni tayyorladim. Loyihaning maqsadi — talabalarning amaliyot yo‘qlamasini Face ID va GPS orqali avtomatik nazorat qilish, har bosqichga PDF topshiriqlar joylash imkonini berish.
Xamidova Yulduz Alisher qizi
UZLIT AUDIO — o‘zbek adabiyoti asarlarini xorijiy tillarda professional audio formatda taqdim etuvchi va o‘zbek tilini interaktiv o‘rgatishga xizmat qiluvchi raqamli platforma.
Ko'chimova Sevinch Keldibek qizi
ExamBridge.uz — IELTS, SAT va CEFR kabi xalqaro imtihonlarga tayyorlanish uchun yaratilgan AI asosidagi online ta’lim platformasi.
Tilchi AI — sun’iy intellekt asosida ishlovchi speaking platforma bo‘lib, foydalanuvchilarga ingliz tilida real suhbat orqali mashq qilish va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga chet tillarini tez va samarali oʻrgatuvchi oʻyinchoq.
Salimova Sevara Xidirbay qizi